iks
ads

Edersonning agenti: "U "Barselona"ga mos tushadi"

  • Mr.NoBoDy 27.11.2025 22:48
  • 158
  • 30

"Atalanta" futbolchisi Edersonning agenti Andre Kyurining fikriga ko'ra, mijozi "Barselona"ga tezda moslashib keta oladi.

Braziliyalik futbolchining klubi bilan kelishuvi 2027 yil iyuniga qadar davom etadi.

"Ederson "Barselona" tizimiga tezda moslasha oladi, u yaxshi jismoniy sifatlarga va chidamlilikka ega. Shartnomasi yakunlanayotgan ekan, bu unga yaxshi imkoniyat bo'lishi mumkin. "Atalanta" o'z vaqtida uni katta pullarga sotgisi kelmadi. Menimcha endi Edersonni qishda yoki yozda sotib yuborishi mumkin.

"Atalanta" ko'p so'radi (60-75 million evro). Biroq uning shartnomasi yakunlanmoqda, endi uni 30-40 million evroga sotib olish mumkin bo'ladi. Ayni damda u o'z poziciyasida eng yaxshilaridan biri", - dedi Kyuri "Cadena SER" nashriga.

Ўхшаш янгиликлар