iks
ads

U-17 JCH. Portugaliya chempion, Italiya 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

  • Mr.NoBoDy 27.11.2025 23:00
  • 314
  • 30

Qatar mezbonligida o‘tgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakunlandi.

27 noyabr kuni turnirda uchinchi o‘rin sohibi va g‘olib aniqlandi.

Dastlab, Braziliya va Italiya uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda ishtirok etishdi. Asosiy vaqtda hisob ochilmadi - 0:0. Penaltilar seriyasida italyanlar aniqroq harakat qilishdi - 4:2.

Finalda Portugaliya Avstriyaga qarshi maydonga chiqdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Anisio Kabralning 32-daqiqada kiritgan goli portugaliyaliklarga Jahon chempionati bosh sovrinini keltirdi.

Ўхшаш янгиликлар