iks
ads

Manuel Noyer: "O'sha vaziyatda juda katta xavf ostiga qo'yayotganimni bilardim"

  • Mr.NoBoDy 27.11.2025 23:24
  • 289
  • 30

"Bavariya" posboni Manuel Noyer ECHL umumiy guruh bosqichi 5-turida "Arsenal"ga qarshi o'yinda xatosi sababli o'tkazib yuborilgan gol haqida gapirdi.

Bahsning 77-daqiqasida myunxenliklar posboni o'z joyini tark etib, Martinellining bo'sh darvozaga gol urishiga sababchi bo'ldi.

"Yutqazayotgan paytingda nimalarnidir xavf ostiga qo'yishing kerak bo'ladi. Martinelli Kimmixni ortda qoldirayotganini ko'rdim va bu birga-bir vaziyat bo'lishi mumkin edi. Uni kutib olishga harakat qildim, biroq u to'pni o'ziga moslashtirib oldi. Uning to'pga birinchi teginishi barchasini hal qildi va men aldandim. O'sha vaziyatda juda katta xavf ostiga qo'yayotganimni bilardim", - dedi Noyer.

Ushbu mag'lubiyatdan keyin "Bavariya" 12 ochko bilan turnir jadvalida 3-o'ringa tushdi.

Ўхшаш янгиликлар