iks
ads

Goal: «Oltin to‘p-2026» reytingi yangilandi

  • Mr.NoBoDy 28.11.2025 18:11
  • 113
  • 30

Nufuzli Goal portali jurnalistlari juma kuni 2026 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish bo‘yicha yangi reytingni e’lon qildi.

Reytingning birinchi pog‘onasidan "Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn joy oldi. Bu mavsumda u 19 ta o‘yinda 24 ta gol urdi.

Ikkinchi o‘rinda "Real" safida mavsumda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan hujumchi Kilian Mbappe qayd etilgan. Kuchli uchlikni Erling Xoland yakunlab berdi - norvegiyalik ushbu mavsumda "Manchester Siti"ning 17ta o‘yinida 19ta gol urgan.

Undan keyingi o‘rinlarni Deklan Rays, Lamin Yamal, Vitinya, Maykl Olise, Luis Dias, Estevao va Ashraf Hakimiy egalladi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda "Oltin to‘p"ni "PSJ" hujumchisi Usmon Dembele qo‘lga kiritgan edi.

Ўхшаш янгиликлар