
Bunga AQSH delegaciyasining bir necha azolariga viza berishdan bosh tortgani sabab bo'lgan, deb xabar berdi "Al Arabiya".
"Biz FIFAga qabul qilingan qarorlar sport bilan bog'liq emasligi va Eron delegaciyasi azolari Jahon chempionati qura tashlash marosimida qatnashmasligi haqida xabar berdik", – dedi Eron futbol federaciyasi vakili.
JCH-2026 final bosqichiga qura tashlash marosimi 5 dekabr kuni Vashingtonda bo'lib o'tadi. Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadi. Turnirda 48 ta jamoa ishtirok etadi.
Eron terma jamoasi Osiyo saralash bosqichining "E" guruhida 1-o'rinni egallab, JCH-2026ga yo'llanma oldi. Jamoa FIFA reytingida 20-o'rinni egallagan va bo'lajak Jahon chempionati guruh bosqichi qura tashlash marosimida 2-savatchaga kiritilgan.