“Barselona“ TOP futbolchini tekinga qo'lga kiritishi mumkin

  • Mr.NoBoDy 07.05.2025 10:08
  • 1266
  • 30

“Bavariya“ yarim himoyachisi Leroy Sane nemis klubi bilan yangi kelishuvga erisha olmadi.

Endi futbolchi yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin. Unga “Barselona“ jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar ikki yil avval futbolchini katta mablag'ga sotib olishni maqsad qilgandi, biroq o'shanda nemis jamoasi futbolchisini sotmagandi. Endi “Barselona“ yozda futbolchini tekinga qo'lga kiritishi mumkin.

Sanening o'zi ham faoliyatini “Barselona“da davom ettirishga qarshi emasligini malum qilgan.

29 yoshli futbolchi joriy mavsum 43 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 13 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar