
Ushbu turda "Santos" "Kruzero"ni mehmon qildi va yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu g'alabadan so'ng "Santos" mavsumni 12-o'rinda yakunladi va kelasi mavsumda Janubiy Amerika kubogida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, uchta tur avval Neymar jiddiy jarohat olgandi va unga shifokorlar o'ynashni taqiqlab qo'ygandi. Biroz braziliyalik yulduz jamoasini A Seriyada olib qolish uchun og'riq qoldiruvchi ukollar bilan maydonga tushdi va uchta turning barchasida to'liq harakat qildi.
Ushbu bahslarda Neymar jami 5 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.