
London klubi futbolchining atrofidagilar bilan aloqada bo'lib, uning qancha maosh kutayotganini bevosita o'rganmoqda. Qayd etilishicha, Yildiz 6 mln evrodan 7 mln evrogacha maosh olmoqchi. Aynan shu tufayli "Yuventus" vinger bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Transfermarkt portali futbolchining narxini 75 mln evroga baholamoqda. Shuningdek, futbolchiga "Real" ham qiziqish bildirmoqda.
Umuman olganda, Kenan Yildiz "Yuventus" safida A Seriyada 74 ta o'yin o'tkazdi.