iks
ads

Alonso kechagi mag'lubiyatdan so'ng hakamni keskin tanqid qildi

  • Mr.NoBoDy 08.12.2025 08:56
  • 540
  • 30

"Selta"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Real Madrid" ustozi Xabi Alonso hakamlarni keskin tanqid qildi.

Ushbu bahsda madridliklarning ikki nafar futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatildi.

"Hakamning qarori bizni muvozanatdan chiqardi. U uchrashuvdagi to'xtalishlarga etarli vaqt qo'shmadi, raqib bizning tempimizni buzish uchun juda ko'p marta o'yini cho'zishga harakat qildi, ushbu vaziyatlarda hakamlar hech nima qilishmadi. Fernandesning maydondan chetlatilishi, bilmayman, juda shubhali edi. Bu vaziyat bo'yicha ham menda savollar bor. Yana bir bor takidlayman, bazi vaziyatlarda hakamning qarorlari bizni biroz muvozanatdan chiqardi. Menga bugungi hakamlik umuman yoqmadi", - deb fikr bildirdi Alonso.

Kechagi mag'lubiyatdan so'ng "Real Madrid" La Ligada "Barselona"dan turnir jadvalida to'rt ochkoga ortda qolmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar