iks
ads

Van Basten Saloh haqida: "Agar Mo shunday munosabat bildirayotgan bo'lsa, uning aqli may qo'ng'izinikidek ekan"

  • Mr.NoBoDy 10.12.2025 17:48
  • 503
  • 30

Niderlandiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Marko van Basten Muhammad Salohning xulq-atvorini tanqid qildi.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" vingeri APL doirasidagi "Lids"ga qarshi o'yinni (3:3) to'liq zaxirada o'tkazdi, u oldingi ikkita bahsni ham zaxira o'rindig'ida boshlagan edi. Uchrashuvdan so'ng Saloh klub va bosh murabbiy Arne Slotni tanqid qildi: "Men klub uchun shuncha ish qildim, ular esa meni "avtobus tagiga itarishdi". Afrika Kubogi oldidan xayrlashaman – keyin nima bo'lishini bilmayman". 33 yoshli misrlik futbolchi ECHL doirasidagi "Inter"ga qarshi bahs (1:0) qaydnomasiga kiritilmadi.


"Men uning aqli may qo'ng'izinikidek degan bo'lardim. Agar u bunga shunday munosabat bildirayotgan bo'lsa... U o'tgan mavsumni ajoyib o'tkazgandi, ammo bu yil unchalik yaxshi emas. So'nggi bir necha oyda u ochiqchasiga yomon o'ynadi.

Slot menga doim halol va to'g'riso'z bo'lib tuyulgan. U ziddiyatlardan qochmaydi va yakunda hech qanday aqlga zid gap gapirmaydi. Saloh esa, o'z navbatida, unga hujum qilishni boshladi va noto'g'ri yo'l tutdi", – dedi van Basten "Ziggo Sport" efiridagi "Rondo" dasturida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar