iks
ads

"Roma" "Manchester Yunayted" hujumchisini sotib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy 10.12.2025 21:56
  • 101
  • 30

Zirkzee "Roma"ga o'tishi mumkin.

"Manchester Yunayted"ning markaziy hujumchisi Joshua Zirkzee Italiyaning "Roma" jamoasi etiborini tortdi. Rim klubi 24 yoshli gollandiyalik futbolchini o'z safiga qo'shishdan manfaatdor. Bu haqda Sky Sport Italy xabar bermoqda.

Biroq, Gazetta dello Sport nashrining takidlashicha, "Roma" Zirkzeeni faqat "Brayton" hujumchisi Evan Fergyusonning ijarasi yakunlangandan so'ng transfer qilishni rejalashtirmoqda. 21 yoshli irlandiyalik futbolchi joriy mavsumda "Roma" uchun 14 ta o'yinda atigi 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma bergan.

Zirkzee ham "Manchester Yunayted" tarkibida to'qqizta o'yinda bor-yo'g'i bitta gol urgan. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 25 million evroni tashkil etadi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar