iks
ads

Angliya terma jamoasining mart oyidagi raqiblari nomi ma’lum bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy 10.12.2025 22:00
  • 462
  • 30

Mart oyida Angliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Angliya futbol assosiasiyasi chorshanba kuni "uch sherlar" 27 mart kuni Urugvayga qarshi, 31 mart kuni esa Yaponiyaga qarshi o‘ynashini e’lon qildi.

Har ikki o‘yin ham "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadi. Hozirda Angliya terma jamoasi FIFA reytingida 4-o‘rinda, Urugvay terma jamoasi 16-o‘rinda, Yaponiya terma jamoasi esa 18-o‘rinda bormoqda.

Bu o‘yinlar Angliya terma jamoasi uchun Tomas Tuxel jahon chempionati uchun tarkibni e’lon qilgunga qadar so‘nggisi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasining JCH - 2026 guruh bosqichidagi raqiblari Xorvatiya, Gana va Panama bo‘ladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar