
"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn klubni tark etishni rejalashtirmayapti. Avvalroq, futbolchining shartnomasida 65 million evro miqdoridagi to'lov bandi mavjudligi va u yozgi transfer oynasida kuchga kirishi mumkinligi malum qilingan edi. Buning uchun ingliz futbolchisi ushbu bandni 31 yanvargacha faollashtirishi kerak edi.
Bild xabar berishicha, Keyn buni qilmaslikka qaror qilgan. Bundan tashqari, u 2026-yilgi Jahon chempionatidan so'ng Myunxen klubi bilan yangi shartnoma imzolash masalasini muhokama qilishga tayyor. Hozirgi shartnoma 2027 yilgacha mo'ljallangan, tomonlar uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ochiq.
Takidlanishicha, Harri uchun Alan Shirerning Angliya Premer-ligasidagi gollar soni bo'yicha rekordini egallashdan ko'ra, "Bavariya" bilan sovrin yutish muhimroq. "Nyukasl"ning sobiq hujumchisi Shirer Angliya chempionatida 260 ta, Keyn esa 213 ta gol urgan.
"Barselona"ning qiziqishiga kelsak, Kataloniya klubida hujumchi haqida ijobiy fikrlar bildirilgan, ammo uning transferi jiddiy muhokama qilinmagan.