iks
ads

Arne Slot: "Salohning "Inter" bilan o'yinda bo'lmasligini men istadim"

  • Mr.NoBoDy 12.12.2025 21:24
  • 227
  • 30

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot hujumchi Muhammad Salohning ECHLda "Inter"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmagani haqida gapirdi.

"Klubning bir qismi sifatida bu qarorning chiqarilishida men ham ishtirok etdim. Klub rahbariyati bilan doimiy aloqadaman, lekin o'yinga kimlarni olib ketish yoki qo'ymaslik borasidagi so'nggi qarorni men chiqaraman. Lekin bu men klub sport direktori Richard Xyuz bilan gaplashmayman degani emas. Tarkib borasidagi yakuniy qarorni men qabul qilaman. Doimo shunday bo'lib kelgan", - dedi Slot.

Oldinroq Muhammad Saloh "Liverpul" va bosh murabbiy nomiga bir qancha tanqidiy gaplar aytgandi. Shu boisdan futbolchi "Inter"ga qarshi o'yin qaydnomasidan chetda qoldi.

Ўхшаш янгиликлар