iks
ads

Pol Merson: "U hujumda o'ynar ekan, "Arsenal" chempion bo'lmaydi"

  • Mr.NoBoDy 12.12.2025 21:56
  • 300
  • 30

"Arsenal" sobiq futbolchisi Pol Merson "kanonirlar"ning "Vulverxempton"ga qarshi o'yini oldidan fikrlarini bildirdi.

"Arsenal" 4:0ga yutadi? Bu o'yinda istalgan holat bo'lishi mumkin. "Vulvz" bu holatni qanday yaxshilaydi, bilmayman. "Aston Villa" va "Bryugge"ga qarshi o'yindan keyin "Arsenal" uchun ideal raqib. Bu bahsda "Vulverxempton"ga qiyin bo'ladi.

Arteta "Aston Villa"ga qarshi o'yinda Merinoni markaziy hujumga qo'yib, xato qildi deb o'ylayman. Bilaman Merino ko'plab muhim gollarni urgan, biroq "Villa" ham yaxshi holatda. Hujumdagi o'yinni yaxshilash uchun Gyokeresh kabi variantlar kerak.

Qarang, Siz o'zingizga etishmayotgan jihat uchun katta mablag' to'laysiz-u, lekin u zaxirada o'tiradi. Xo'p, uning jismoniy holatida muammo bor ekan, nega u qaydnomada? Tushunmayman.

Oldin ham aytganman: Arteta Merinoni markaziy hujumchi sifatida o'ynatar ekan, "Arsenal" chempion bo'la olmaydi.

Artetaning o'yinga bo'layotgan kayfiyati menga yoqyapti. So'nggi haftalarda "Arsenal" bir qancha jarohatlarga duch keldi, shu sababli Arteta o'yinlarga optimal tarkibni tanlay olmadi. Jamoa g'alabalar yo'liga qayta oladi", - dedi Merson.

Ўхшаш янгиликлар