iks
ads

APL top-klublari "Leypcig" vingeriga qiziqmoqda

  • Mr.NoBoDy 13.12.2025 01:32
  • 185
  • 30

"Leypcig" vingeri Yan Diomande ingliz top-klublari qiziqishlari doirasida.

"Liverpul", "Manchester Siti", "Chelsi", "Tottenxem" kabi klublar 19 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Biroq hali hech kim muzokaralarni boshlagani yo'q. Bunga futbolchining nemis klubi bilan 2030 yilgacha shartnomasi borligi sabab. Balki "Leypcig" jahon chempionatidan keyin futbolchisini 100 million evroga sotib yuborish variantini ko'rib chiqishi mumkin.

Diomande ushbu mavsumda 13 o'yinda 6 gol va 2 assist qayd etdi.

Ўхшаш янгиликлар