
Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" 26 yoshli futbolchini sotish variantini ko'rib chiqmoqda. "Real" har ikki qanotda o'ynay oladigan portugaliyalikning universalligini takidlamoqda. Takidlanishicha, "qaymoqranglilar"ga Dalot uchun kurashda "Bavariya" va Madridning "Atletiko" klublari raqobatchi bo'lishi mumkin.
Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Dalotning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 28 mln evroni tashkil etadi.