iks
ads

Aleksandr Xomyakov: "Avvalo, ruhiy bosimni engib o'tishimiz lozim edi"

  • Mr.NoBoDy 16.12.2025 18:16
  • 1034
  • 30

Superliga pley-off bosqichidan o'rin olgan "Aral" – "Buxoro" uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlandi.

Shunday qilib, "Buxoro" Superligada qoladigan bo'ldi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Barcha buxorolik muxlislarni jamoa Superligada qolgani bilan tabriklayman. Buning uchun biz qiyin yo'lni bosib o'tdik. Nukusga bitta kollektiv bo'lib keldik va maqsadimiz g'alaba qozonish edi. Kichik hisobda zafar quchdik va eng muhimi, o'z oldimizdagi vazifani uddaladik.

- "Buxoro" deyarli butun o'yinni nazorat  qildi. Bu uchrashuvga tayyorgarlik qanday olib borildi?

- Psixologik tomondan katta bosim bor edi va, avvalo, shu bosimni engib o'tishimiz lozim edi. Tayyorgarlikni esa odatdagidek olib bordik. Mashg'ulotda alohida ishganimiz yo'q, faqat masumning eng oxirgi o'yini bo'lgani uchun futbolchilarning jismoniy holatini ushlab turishga harakat qildik. Mavsum davomida bir qancha o'yinlar o'tkazdik. G'alabali, shu bilan birga qiyin o'yinlar ham ko'p bo'ldi. Ushbu mavsum uchun barchaga rahmat aytaman.

Ўхшаш янгиликлар