
2025 yilgi yozgi transfer oynasida Brunu Saudiya Arabistonining qaysidir klubiga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgandi, ammo xavbek Angliyada qoldi.
"Klub yozda mening ketishimni istagan va bu fikr ongimga qattiq o'rnashib qolgan. Bu haqda direktorlar bilan gaplashganman, nazarimda, ularda bunday qarorni qabul qilishga jasorat etishmadi. Men qolishga qaror qildim — qisman oilaviy sabablar tufayli, yana bir tomondan esa bu klubni chin dildan yaxshi ko'rganim uchun. Murabbiy bilan bo'lgan suhbat ham menga tasir qilgan. Biroq rahbariyat tomonidan boshqacha munosabat bo'lgan: agar ketsang, biz unchalik ham xafa bo'lmaymiz, degan manoda.
Bu menga juda og'ir botgan. Hatto bu unchalik og'riqli emas, balki qayg'uli, chunki meni ayblash uchun hech qanday asos yo'q. Men doim safdaman, doim o'ynayman. Maydonda borimni beraman. Keyin atrofga qarab, klubni men kabi qadrlamaydigan va uni himoya qilmaydigan futbolchilarni ko'raman. Ana shu paytda chindan ham juda qayg'uli bo'ladi", – dedi Fernandesh.