
Tarixda ilk bor Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan PSJning 5 nafar futbolchisi 2025 yil yakunlariga ko'ra FIFA ramziy terma jamoasiga kiritildi.
The Best marosimida yil jamoasi tarkibiga quyidagi futbolchilar kiritildi: Janluiji Donnarumma (PSJ / "Manchester Siti"), Ashraf Hakimi, Villian Pacho (ikkalasi - PSJ), Virjil van Deyk ("Liverpul"), Nunu Mendesh (PSJ), Koul Palmer ("Chelsi"), Jud Bellinghem ("Real"), Vitinya (PSJ), Pedri, Lamin Yamal (ikkalasi - "Barselona"), Usmon Dembele (PSJ).