
"Jesa Mabepa Ayessa – «Dinamo» futbolchisi
«Dinamo» jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan selekciya ishlarini davom ettirmoqda.
Klub 2026 yilgi yangi mavsum oldidan himoya chizig'ini ham kuchaytirishni rejalashtirgan. Vadim Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, «Dinamo» PFK franciyalik 25 yoshli markaziy himoyachi Jesa Mabape Ayessa bilan bir yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Franciyalik legioner klubimiz safiga erkin agent sifatida qo'shiladi.
Kelib chiqish kongolik Jesa Ayessa Franciya fuqarosi sanalib, o'tgan yillar davomida «Sosho», «Gyonon», «Romorantin», «Le Pyui», 2025 yilda esa Franciya 2-divizion vakili «Ayachcho» sharafini himoya qilgan. U ayachcholiklar safida 2024/25 yilgi mavsumda 25 o'yinda maydonga tushgan.
Ishonamizki, Ayessa o'z o'yinlari bilan jamoamiz muxlislarini quvontirib, O'zbekiston Superligasida ham nom qozona oladi.
«Dinamo» jamoasiga xush kelibsan, Jesa Ayessa!", -deyiladi "Dinamo" klubi matbuot xizmati bergan xabarda.
