iks
ads

"U basketbolchimi?" – Rafinyaning rafiqasi FIFAni tanqid qildi

  • Mr.NoBoDy 17.12.2025 00:00
  • 300
  • 30

Rafinya FIFAning ramziy terma jamoasidan joy olmadi.

Braziliya terma jamoasi va "Barselona" hujumchisi Rafinyaning rafiqasi Nataliya Belloli o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida FIFAning 2025 yilgi ramziy terma jamoasiga uning turmush o'rtog'i kiritilmaganiga munosabat bildirdi.

"Sizningcha, u basketbol o'ynayaptimi? Ular endi buni hatto yashirishga ham urinishmayapti!" - deya yozdi Belloli.

O'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 57 ta o'yinda 34 ta gol urdi va 26 ta golli uzatma berdi. Rafinya Chempionlar ligasining eng samarali hujumchisi (13 ta gol) va eng yaxshi assistenti (sakkizta golli uzatma) bo'ldi. U "Barselona" bilan Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi.

Ўхшаш янгиликлар