iks
ads

MYU Semeno uchun qancha to'lashga tayyorligi malum

  • Mr.NoBoDy 17.12.2025 10:16
  • 1677
  • 30

"Manchester Yunayted" yozgi transfer kampaniyasiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Ammo "qizil iblislar" agar "vaziyat talab qilsa", bu qishda "Bornmut" qanot hujumchisi Antuan Semenoning shartnomasidagi sotib olish bandini faollashtirishi mumkin, deb xabar beradi The Independent.

Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" 25 yoshli futbolchi uchun 65 million funt sterling (74,1 million evro) to'lashi mumkin. Semenyoga shuningdek, "Tottenxem", "Liverpul" va "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda. Biroq, "qizil iblislar" ganalik hujumchini sotib olish uchun qolganlardan yaxshiroq imkoniyatga ega deb hisoblanmoqda.

Bu mavsumda Semeno barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha amal qiladi.

Ўхшаш янгиликлар