
Joriy mavsumda 33 yoshli germaniyalik futbolchi jarohati tufayli faqat bitta o'yinda - seshanba kuni Ispaniya Kubogi 1/16 finali doirasida "Deportivo Gvadalaxara"ga (2:0) qarshi maydonga tushdi.
"Barsa" darvozabon Joan Garsiyaga tayanmoqda va qishda ter Shtegenni maoshining bir qismini to'lagan holda boshqa klubga ijaraga berishga tayyor, ammo darvozabonning o'zi qolishga va ikkinchi raqam roliga rozi bo'lishga tayyor, deb yozadi Marca.
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmannni ham JCH-2026 arafasida ter Shtegen faqat Ispaniya Kubogida o'ynashi qoniqtirishi taxmin qilinmoqda.
Darvozabonning "Barsa" bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo'ljallangan.