
Lionel Messi boshchiligidagi "Inter Mayami" klubi o‘zining birinchi MLS kubogini qo‘lga kiritganidan so‘ng, o‘z stadionidagi maysazorni sotmoqda.
6 dekabr kuni Florida jamoasi "Chase" stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda "Vankuver"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Maysazorning narxi suvenirning o‘lchami va qadoqlash turiga qarab 50 dollardan 725 dollargacha o‘zgaradi.
"Inter Mayami" yangi mavsum uchun yangi arena - "Miami Freedom Park"ga ko‘chib o‘tadi.