iks
ads

Afrika mullatlar kubogi. Marokash ochilish o‘yinida Komor orollarini mag‘lub etdi (video)

  • Mr.NoBoDy 22.12.2025 11:55
  • 451
  • 30

2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi ochilish o‘yini Marokash va Komor orollari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘yin Marokashning Rabat shahridagi Shahzoda bin Fahd stadionida bo‘lib o‘tdi. Mezbon jamoa 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Marokash hujumchisi Sufyon Rahimiy 11-daqiqada o‘yindagi birinchi golni urdi, ammo hakam golni inobatga olmadi. Ikkinchi bo‘limda "Real Madrid" hujumchisi Brahim Diaz 55-daqiqada hisobni ochdi. Ayub el-Kaabiy 74-daqiqada gol urib, yakuniy hisobni 2:0 ga yetkazdi.

2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi Marokashda bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada oltita guruhga bo‘lingan 24 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda. Turnir 18 yanvargacha davom etadi. Afrika Millatlar Kubogining amaldagi chempioni — Kot-d'Ivuar terma jamoasi.

Afrika Millatlar Kubogi. A guruhi. 1-tur
2025 yil 21 dekabr, yakshanba.
Marokash - Komor orollari - 2:0 (0:0)
Gollar: 1:0 Diaz – 55ʼ 2:0 El Kaabiy – 74ʼ

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar