iks
ads

Kante, Fabino, Bergveyn, Benzema... "Nasaf"ning Elit OCHL 6-turidagi raqibi haqida

  • Mr.NoBoDy 22.12.2025 14:40
  • 1061
  • 30

23 dekabr kuni "Nasaf" klubi Elit Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasining 6-turi doirasida Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" jamoasi bilan kuch sinashadi.

Keling, ushbu jamoa haqida biroz to'xtalamiz.

"Al Ittihod" jamoasi 98 yillik tarixga ega. Klub 1927 yilda tashkil etilgan.

Jamoaga muxlislar tomonidan "Tigers" (Yo'lbarslar) va "The People’s Club" (Xalq jamoasi) degan laqablar berilgan.

"Al Ittihod" o'z uy uchrashuvlarini Jidda shahrida joylashgan Qirol Abdulloh Sport Siti stadionida o'tkazadi. Ushbu maydon 62 mingdan ziyod muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi.

Jamoa shu vaqtgacha 10 karra Saudiya Arabistoni Professional Ligasi, 10 karra Qirol Kubogi, 8 karra Valiahd shahzoda Kubogi musobaqalarida chempion bo'lgan. Shuningdek, "Al Ittihod" 2004 va 2005 yilgi mavsumlarda Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasining bosh sovriniga ega chiqqan.

Jamoani ayni paytda 51 yoshli portugaliyalik mutaxassis Serjiu Konseysau boshqarmoqda. U o'z faoliyati davomida "Braga", "Nant", "Portu", "Milan" kabi nomdor klublarda ishlagan. 2025 yil oktyabr oyida ushbu jamoani qabul qilib olgan.

Konseysau murabbiy sifatida "Portu" klubi bilan 3 marta Portugaliya chempionatida g'olib bo'lgan. Aynan shu yillarda ushbu murabbiy liga tomonidan "Yil murabbiyi" deb topilgan.

Hozirda "Al Ittihod" klubida Mussa Diabi, Stiven Bergveyn, N'Golo Kante, Fabino va Karim Benzema kabi jahon futboli yulduzlari faoliyat olib bormoqda.

Shuningdek, klubda ayni paytda Solih Al Shehri, Faysal Al G'amdi, Hassan Kadesh, Ahmad Al G'amdi, Saad Al Musa kabi Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchilari to'p tepmoqda.

Eslatib o'tamiz, Elit OCHL 6-turidan o'rin olgan "Al Ittihod" – "Nasaf" uchrashuvi 23 dekabr kuni soat 23:15 da start oladi.

Avvalroq "Al Ittihod" "Nasaf" bilan o'yin boshqa stadionda o'tkazilishini malum qilgan edi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar