
Bu haqda "The Telegraph" xabar berdi.
Yakshanba kuni Birmingemda bo'lib o'tgan uchrashuv "Yunayted"ning 1:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi, Fernandesh esa tanaffusda almashtirildi. O'yindan so'ng mankunianlar bosh murabbiyi Ruben Amorim 31 yoshli portugaliyalik futbolchining yumshoq to'qimalari shikastlanganini malum qildi. Nashr malumotlariga ko'ra, Fernandesh taxminan 1 oy maydonga tusha olmaydi.
Fernandesh joriy mavsum MYU tarkibida 18 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi hamda 7 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Amorim shogirdlari 26 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi.