iks
ads

Braim Dias Afrika kubogini "yondirish"ni boshladi

  • Mr.NoBoDy 22.12.2025 16:00
  • 1232
  • 30

Marokash terma jamoasi Afrika Kubogining dastlabki o‘yinida Komor orollari ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. G‘oliblar tarkibidagi eng yaxshi futbolchi Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Braim Dias bo‘ldi, deb yozadi WhoScored.

Avvaliga 26 yoshli xavbek penalti ishlab oldi, biroq sherigi uni golga aylantira olmadi. Shundan so‘ng, Dias jamoa hujumini boshqardi va o‘zi musobaqadagi ilk golni urdi.

Bundan tashqari, Braim o‘tgan bellashuvda ikkita kalit uzatmani amalga oshirdi, darvozaga ikkita zarba yo‘lladi va paslarda 100 foizlik natija ko‘rsatdi. Futbolchi o‘z o‘yini uchun 7,91 ball oldi.

"Real" safida futbolchi hozircha unchalik ko‘p imkoniyatlarga ega emas, u har bir o‘yinda o‘rtacha atigi 26 daqiqa maydonda harakat qiladi. Shunga qaramay, u barcha musobaqalarda bitta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar