
CAF prezidenti rasman tasdiqladi: musobaqa ishtirokchilari uchun to'lovlar 43 foizga oshirilgan bo'lib, qita chempionati g'olibi 10 million dollar oladi.
Hatto guruhdan chiqa olmagan jamoalar ham salmoqli mukofot puliga ega bo'ladi. Guruh bosqichida to'rtinchi o'rin uchun 500 ming dollar, uchinchi o'rin uchun 700 ming dollar belgilangan. 1/8 finalga chiqish 800 ming dollarga baholanadi, chorak finalga yo'llanma esa 1,3 million dollar keltiradi. Yarim finalchilar har biri 2,5 million dollardan ishlab oladi, finalchiga 4 million dollar beriladi, musobaqa chempioni esa maksimal — 10 million dollarga ega chiqadi.