
"Atletiko"ning sobiq himoyachisi, sentyabrda "Al Hilol" bilan shartnomasini bekor qilgan Renan Lodi "Atletiko Mineyro"ga o'tmoqda.
Himoyachi "Atletiko Mineyro" bilan besh yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda Braziliya klubi matbuot xizmati.
Imzolash va rasmiy elon qilish yaqin kunlarda o'tkaziladigan tibbiy ko'rikdan so'ng amalga oshiriladi.
Sentyabrda braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni ligasi tarkibiga kiritilmagani sababli "Al Hilol" bilan shartnomasini bir tomonlama bekor qilgan edi.