
"O'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan "Qo'qon-1912" jamoasi yangi mavsum oldidan ilk transferini amalga oshirdi.
Jamoamiz so'nggi uch mavsumni "Neftchi"da o'tkazgan, o'tgan mavsum O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan tajribali yarim himoyachi G'ulomHaydar G'ulomov bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
G'ulomHaydar G'ulomov "Neftchi" jamoasidan tashqari "Lokomotiv", OKMK, "Sho'rtan", "Mashal", "Qizilqum" va "Bunyodkor" kabi jamoalarda to'p surgan.
Mahoratli yarim himoyachiga yangi mavsumda omad tilab qolamiz va jamoamiz bilan yuqori natijalarni erishishini tilab qolamiz", - deb xabar bermoqda qo'qonliklar matbuot xizmati.
