iks
ads

Yunus Ali: “Juda qiyin o'yin bo'ldi”

  • Mr.NoBoDy 25.12.2025 10:56
  • 629
  • 30

“Al-Ahli” - “Andijon” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaninig ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Yunus Ali va o'yinning eng yaxshi futbolchisi Mishel Vlap ishtirok etdilar.

Yunus Ali: “Birinchi navbatda rahmat. Menimcha, bu juda ham qiyin o'yin bo'ldi. Kuchli raqibga qarshi o'ynadik. Ular juda yaxshi o'ynashdi. O'yindan oldin bu jamoaga imkoniyatlar yaratib bermaslikni aytgandim. Bu qiyin edi, lekin o'ylashimcha, o'yinchilar juda ham yaxshi o'ynashdi. O'zimizni yaxshi ko'rsatdik, ko'plab imkoniyatlar yaratdik. O'ylaymanki, bundan ham yaxshiroq natijalarga loyiqmiz. Asosiysi, biz yutdik va 3 ochkoni qo'lga kiritdik.

Mishel Vlap: “Menimcha, biz o'yinni yaxshi tashkillashtirdik. To'p bilan juda ham yaxshi harakat qildik. Tabiiyki, bizni bitta maqsadimiz bor edi - bu ham bo'lsa o'yinda yutish. Shuningdek, yaxshi o'ynash ham va bunga hamma tayyor edi. Uchrashuvda ikkita gol kiritdim, hattoki, 3 ta bo'lishi mumkin edi. Bazida imkoniyatni boy berasiz ekan. Biroz charchagandim. Bu ajoyib bo'ldi: 2 ta gol urdim va 3 ochkoga ega bo'ldik, xursandman”.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar