
Forbes eng qimmat sport jamoalari reytingini taqdim etdi.
Futbol klublaridan: "Real" (20-o‘rin, 6,75 mlrd dollar), "Manchester Yunayted" (24-o‘rin, 6,75 mlrd), "Barselona" (42-o‘rin, 5,65 mlrd), "Liverpul" (48-o‘rin, 5,4 mlrd).
Formula-1 jamoalari "Ferrari" (6,5 mlrd) va "Mersedes" (6 mlrd) mos ravishda 26 va 34-o‘rinlarni egalladi.
Ro‘yxatning TOP 10 taligi quyidagicha:
1. «Dallas» – 13 mlrd dollar (NFL);
2. «Golden Steyt» – 11 mlrd (NBA);
3. «Los-Andjeles Rems» – 10,5 mlrd (NFL);
4. «Nyu-York Djayents» – 10,1 mlrd (NFL);
5. «Leykers» – 10 mlrd (NBA);
6. «Niks» – 9,75 mlrd (NBA);
7. «Nyu-Inglend» – 9 mlrd (NFL);
8. «San-Fransisko Forti Nayners» – 8,6 mlrd (NFL);
9. «Filadelfiya Igls» – 8,3 mlrd (NFL);
10-o‘rinni «Chikago Bears» (NFL) va «Nyu-York Yankis» (beysbol) jamoalari bo‘lishib oldi. Ular 8,2 mlrd dollarga baholangan.