iks
ads

"Manchester Yunayted" "Bornmut" yarim himoyachisini short-listga qo'shdi

  • Mr.NoBoDy 25.12.2025 13:40
  • 789
  • 30

"Manchester Yunayted" "Bornmut" yarim himoyachisi Aleks Skottni tarkibiga qo'shishga qiziqish bildirmoqda, deb xabar berdi "The Sun".

Manbaga ko'ra, MYU bosh murabbiyi Ruben Amorim 2026 yilning yozida jamoaga ikki nafar markaziy yarim himoyachi olishni istaydi. 22 yoshli angliyalik Skott jamoasining asosiy futbolchilaridan biri bo'lib, yaqinda Angliya terma jamoasiga ilk bor chaqiruv olgan.

Skott 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 18 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi. Uning "Bornmut" bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Futbolchi jamoaga 2023 yilda "Bristol Siti"dan kelib qo'shilgan.

Transfermarkt portali Skottning transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar