iks
ads

Rossiya terma jamoasi JCH-2026ning 2 ta ishtirokchisi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • Mr.NoBoDy 25.12.2025 15:22
  • 942
  • 30

Rossiya futbol ittifoqi (RFI) bosh kotibi Maksim Mitrofanov ma’lum qilishicha, Rossiya milliy terma jamoasi JCH-2026 ishtirokchilari bilan ikki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘yinlar iyun oyiga rejalashtirilgan bo‘lib, jahon chempionati startidan oldin bo‘lib o‘tadi.

«Qanday o‘yinlar bo‘lishi va qayerda o‘tkazilishi hozircha ayta olmayman. Rejaga ko‘ra, Rossiya terma jamoasi mart oyida mamlakatimizda ikki o‘yin o‘tkazadi, iyun oyida esa Rossiyadan tashqarida — jahon chempionati final bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan ishtirokchi jamoalarga qarshi maydonga tushadi. Turli jamoalar bilan variantlar mavjud», — deya Mitrofanovning so‘zlarini TASS keltiradi.

JCH-2026 AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Rossiya terma jamoasi 2022 yildan beri xalqaro musobaqalardan chetlatilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar