"Bunyodkor" forvardi chetlatilishiga oid savolga "Javob bermoqchi emasman, yaxshisi, hakamdan so'rang", deya izoh bildirdi.
Eslatib o'tamiz, Abduxoliqov 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va oradan 9 daqiqa o'tar-o'tmas ikki jamoa futbolchilari o'rtasidagi to'qnashuv yuzasidan hakamga etiroz bildirgani uchun maydondan chetlatildi.