
Franciyalik yarim himoyachini "Manchester Yunayted" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Kone "qizil iblislar"ning niderlandiyalik hujumchisi Joshua Zirkzeening Rim klubiga transferi bo'yicha bitimning bir qismiga aylanishi mumkin. Manuning o'zi ham mankunianlarga qo'shilishga tayyor.
Joriy mavsumda yarim himoyachi "bo'rilar"ning 21 ta o'yinida ishtirok etib, bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Konening transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2029 yilning yozida tugaydi.