
Niderlandiyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" safiga o'tish imkoniyatiga optimizm bilan qaramoqda. Biroq, bu kelishuv "shaharliklar"ning Akeni to'liq transfer qilish yoki uni boshqa transferning bir qismiga aylantirish istagi bilan murakkablashadi, “ko'k-anorranglilar” esa sotib olish huquqini nazarda tutuvchi ijara variantini ko'rib chiqmoqda.
Ake 2020 yilning yozidan beri "shaharliklar" safida o'ynamoqda. Futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 13 ta o'yinda maydonga tushdi. Futbolchining klub bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 18 mln evroni tashkil etadi.
