
Qayd etilishicha, futbolchiga A Seriyaning "Milan" va "Inter”, Niderlandiyaning PSV, "Ayaks" va "Utrext," Daniyaning "Kopengagen," Belgiyaning "Bryugge" va Germaniyaning "Bayer" klublari davogarlik qilmoqda. Feyokva hozirda "Vest Xem" yoshlar jamoasida o'ynaydi va hali kattalar safida debyut qilmagan.
Feyokvada klub tanlashdan tashqari yana bir intriga bor. Futbolchi Angliya va Niderlandiya fuqaroligiga ega, u ikki mamlakat yoshlar terma jamoalarida o'ynagan.