iks
ads

Nigeriya murabbiyi Shell: "Men biroz aqldan ozdim"

  • Mr.NoBoDy 28.12.2025 14:44
  • 538
  • 30

Nigeriya terma jamoasi ustozi Erik Shell Afrika Millatlar Kubogi doirasida Tunisga qarshi o‘yinni sarhisob qildi. Guruh bosqichining 2-tur o‘yini 3:2 hisobida uning shogirdlari g‘alabasi bilan yakunlandi.

Nigeriya uzoq vaqt davomida 3:0 hisobida oldinda bordi. Charchoq, bahsli penalti va darvozabonning xatosi natijasida nigeriyaliklar 74 va 87-daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi.

"So‘nggi 15 daqiqa yoki shunga yaqin vaqt meni dahshatli tushlarda ta’qib qiladi. Bo‘layotgan voqealardan biroz aqldan ozayotgandim. Bu Tunisdek katta jamoaga qarshi sinov edi. Tunis jahon chempionati saralash o‘yinlarida birorta ham gol o‘tkazib yubormadi. Bunday terma jamoaga qarshi 3 ta gol! Men uchun bu ajoyib o‘yin. 70 daqiqa davomida to‘pni yaxshi ushlab turdik", - deya Shellning so‘zlarini keltiradi RFI.

Nigeriya seshanba kuni guruhdagi so‘nggi o‘yinida Uganda bilan, Tunis esa Tanzaniya bilan kuch sinashadi.

Ўхшаш янгиликлар