"Yaxshi o'yin bo'ldi. Maydonda o'n kishi bo'lib qolganimiz ham gol urish imkoniyatlarimizni pasaytirib yubordi. Shunga qaramay, o'yinni nazoratni qildik. Endi keyingi o'yinga hozirlik ko'ramiz.
Qolaversa, "Qizilqum" yaxshi himoyalanganini etirof etmoqchiman. Nafaqat ular, balki boshqa raqiblar ham o'yinlarga jiddiy hozirlik ko'rishyapti. Hozir hamma futbol o'ynashni biladi. Hamma narsa mehnatga orqasidan erishiladi.
To'g'ri, menda yaxshi imkoniyat bo'ldi, raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordim. Lekin o'sha vaziyatda darvozabon yaqin kelib qolgani uchun zarba berish uchun imkon yo'q edi, tepgan taqdirimda ham Quvvatov to'pni qaytarardi. Shu bois mendan ham qulayroqda turgan sherigimga pas berishga qaror qildim, ammo himoyachilar vaziyatni bartaraf etishga ulgurdi", dedi 23 yoshli futbolchi.