
Ushbu musobaqa ilk marotaba yangi formatda o'tkaziladi va unda 32 ta jamoa ishtirok etadi.
FIFA klublar o'rtasidagi mundialda ishlaydigan hakamlar ro'yxatini elon qildi. Quvonarlisi, ushbu ro'yxatda ikki o'zbekistonlik referi ismi mavjud. Ilgiz Tantashev bosh hakam, Andrey Capenko esa referi assisenti sifatida qayd qilingan.
Eslatib o'tamiz, ushbu jahon chempionatida o'zbekistonlik futbolchi ham qatnashadi. Abduqodir Husanov mundialda "Manchester Siti" sharafini himoya qiladi.