"Yakuniy natijani inobatga olmaganda, yaxshi o'yin bo'ldi. O'tgan o'yinlar haqida gapirishni istamayman. Bugun yaxshi o'ynadik. Standart vaziyatlarda ikkita xatoga yo'l qo'ydik va ular halokatli oqibatlarga olib keldi. Umuman olganda, biz yaxshi o'ynadik. Ha, xatolarga yo'l qo'ydik, lekin bugun shiddatli va qiziqarli o'yin bo'ldi, buni tan olish kerak. O'ylaymanki, muxlislarga ham o'yin manzur bo'ldi, natijadan tashqari albatta. Shunday hisobda yutqazish, albatta, achinarli va afsuslanarli hol. Nima qilish kerak? Harakat qilamiz, kamchiliklarni tuzatib, oldinga qadam tashlaymiz va keyingi o'yinlarda imkon boricha bor kuchimizni sarflaymiz", dedi 31 yoshli futbolchi.