"Borussiya D" muxlislari "Barselona" mehmonxonasi yonida mushakbozlik uyushtirdi

  • Mr.NoBoDy 15.04.2025 20:56
  • 177
  • 30

Chempionlar ligasining chorak finalning javob uchrashuvi oldidan germaniyalik muxlislar biroz mug'ombirlik ishlatishga harakat qilishdi.

"Borussiya D" va "Barselona" o'rtasidagi muhim o'yin oldidan, kecha kechasi nemis klubi muxlislari Kataloniya jamoasi joylashgan mehmonxona yaqinida mushakbozlik uyushtirishdi.

Xabar qilinishicha, kuchli shovqinga qaramay, bu voqea na "Barsa" futbolchilarini, na klub prezidenti Joan Laportani tashvishga soldi.

Shunday qilib, dortmundlik muxlislarning provokaciyasi kerakli natija bermadi. "Barselona" esa o'yinga jangovar kayfiyatda tayyorgarlik ko'rayotgani aytildi.

Eslatib o'tamiz, "Borussiya D" - "Barselona" javob uchrashuvi 15 aprel kuni, soat 23:59da bo'lib o'tadi.


Ўхшаш янгиликлар