iks
ads

"Liverpul" sport direktori Salohning agenti bilan muzokara o'tkazadi, futbolchi esa Afrika Kubogida

  • Mr.NoBoDy 24.12.2025 19:32
  • 1377
  • 30

"Liverpul" sport direktori Salohning agenti bilan muzokara o'tkazadi.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, "Liverpul" sport direktori Richard Xyuz Muhammad Salohning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Rami Abbas bilan shaxsiy muzokaralar o'tkazadi.

15-tur uchrashuvidan so'ng futbolchi intervyu berib, Slot bilan munosabatlari yomonlashganini malum qilgan va o'yin amaliyoti etishmayotganidan taajjubda ekanini bildirgan edi.

Ayni paytda 33 yoshli hujumchi Afrika Kubogida Misr terma jamoasi ixtiyorida. U birinchi turda Zimbabve darvozasiga g'alaba to'pini kiritdi.

Saudiya Arabistoni ligasi bosh direktori Omar Mugarbel avvalroq vingerning mahalliy liga klublaridan biriga o'tishidan manfaatdor ekanini bildirgandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar