Ispaniyalik mutaxassis boshqaruvidagi "Aston Villa" turnirning 1/4 finalida parijliklarga ikki o'yin yakuniga ko'ra yutqazdi (1:3, 3:2).
"Endi ular haqiqiy favorit. Ular yarim finalga chiqdi. Albatta, "Barselona", "Inter", "Bavariya" ham bor...
Bunday darajada o'ynash haqiqatan ajoyib. Menga yoqdi.
PSJ bizga nisbatan ustunlikka ega edi va buni ikkala o'yinda ham ko'rsatdi. Ular fantastik o'yin ko'rsatmoqda", – dedi Emeri.
Eslatib o'tamiz, murabbiy 2016 yildan 2018 yilgacha PSJni boshqargan.