O'zbekiston - KXDR 3:0
Gollar: 1:0 – 31, Sadriddin Hasanov (Muhammad Habibullaev), 2:0 – 62, Jamshid Rustamov (Abubakr Shukurullaev), 3:0 – 65, Abubakr Shukurullaev.
O'zbekiston - 21. Nematulloh Rustamjonov, 3. Muhammad Hakimov, 4. Mo'minxon Bahodirxonov, 6. Miraziz Abdukarimov, 7. Sadriddin Hasanov, 10. Muhammad Habibullaev (22. Farid Abdullaev, 77), 11. Sayfiddin Sodiqov (17. Jamshid Rustamov, 46), 15. Muhammadali Musaxonov, 18. Abubakr Shukurullaev (16. Aziz Abdumo'minov, 77), 19. Azizbek Erimbetov (13. Abdulloh Fazliddinov, 86), 20. Aslbek Aliev (9. Nurbek Sarsenbaev, 61).
Zaxiradagilar: 1. I Shokirov, 2. Botiraliev, 5. Murodov, 8. Muhammadov, 12. Izbaskanov, 14. Saidmurodov, 23. Mahmudjonov.
KXDR - 1. Jong Xyon-Ju, 2. Kang Myong-Bom, 3. Choy Chung-Xyok, 5. Choy Song-Xun, 6. An Jin-Sok, 7. Ri Kyong-Bong (11. Ri Kang-Rim, 38), 9. Pak Kvang-Son, 10. Kim YU-Jin, 12. O Von-Mu, 17. Kim Tae Guk (22. Xan Il-Bok, 80), 20. Ri Kan-Son.
Zaxiradagilar: 4. Xan Chung Guk, 8. Ri Ro-Gvon, 13. Ri Tae-Myong, 14. Kvak Tong-Myong, 15. Kim Se-Ung, 16. Rak Jin Gvang, 18. Min Chol-Gyong, 19. Pak Ju-Von, 21. Jon Yong-Un, 23. YU Kuk-Tae.
Ogohlantirishlar: Kang Myong-Bom (20), Azizbek Erimbetov (37), Kim Tae Guk (37), Ri Kang-Rim (55), Nurbek Sarsenbaev (73), Abubakr Shukurullaev (75).
Chetlatish: Kang Myong-Bom (40).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi finaldagi raqibi – mezbon Saudiya Arabistoni bilan guruh bosqichida to'qnash kelgan va ushbu jamoa darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritgan.
O'yin yakunlandi.
90+3. Sarsenbaev raqib darvozasini ishg'ol qildi, ammo u o'yindan tashqari holatda bo'lgani bois gol inobatga olinmadi.
90+1. O'zbekistonliklarning chap qangtdan tashkil etgan hujumini raqib darvozaboni yakuniga etishiga yo'l qo'ymadi.
90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
88. Xan Il-Bokning raqib jarima maydonidan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
87. Rustamov o'tkir burchakdan darvozani ishg'ol qilishga urinib ko'rdi, KXDR darvozaboni qiyinchilik bilan to'pni egallab oldi.
86. O'zbekiston tarkibida yana bir o'zgarish.
83. Rustamovning olisdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
80. KXDR o'zgarishga qo'l urdi.
77. O'zbekiston tarkibida ikki o'zgarish bo'ldi.
76. Pak Kvang-Son yaqin masofada yuzaga kelgan o'ta qulay vaziyatni ko'kka sovurdi.
75. Shukurullaev qoidabuzarlik uchun ogohlantirildi.
73. Sarsenbaev hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.
71. Erimbetovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
68. Koreyaliklar standart vaziyatga ega bo'ldi. Pak Kvang-Sonning zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.
65. GOOOOOOOOOOOOOL!!! Hasanovning say-harakatlari tufayli ikkinchi golga assist bergan Shukurullaev hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!
62. GOOOOOOOOOOOOOL!!! Birinchi gol urilgan 31-daqiqadan 31 daqiqa o'tgach zaxiradan maydonga tushgan Rustamov chap oyoqda raqib darvozasini aniq nishonga oldi!
61. O'zbekiston tarkibida o'zgarish sodir etildi.
60. Koreyaliklardan navbatdagi qo'pollik. Bu safar Shukurullaev yiqitildi.
55. Ri Kang-Rim qo'pollik uchun ogohlantirildi.
52. Ri Kang-Rim burchak uzatmasini noaniq zarbaga aylantirdi.
50. VAR ehtimoliy penaltini ko'rib chiqdi, biroq jarima belgilanmadi.
49. Xavfli vaziyat! Aliev raqib jarima maydoniga yorib kirdi, ammo so'nggi zarbani yo'llashga ulgurmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. O'zbekiston tarkibida bitta o'zgarish amalga oshirildi.
Taym yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
40. Kang Myong-Bomga maydon markazidagi qo'polligi uchun ikkinchi marta sariq kartochka ko'rsatilib, maydondan chetlatildi. KXDR birinchi bo'limdayoq bir kishi kam bo'lib qoldi. Chetlatilgan Kang Myong-Bom esa maydondan chiqmayapti. Uni ko'ndirishga taxminan bir daqiqa vaqt ketdi.
38. KXDR tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.
37. O'zbekiston jarima maydonida nizo sodir etgani uchun ikkala jamoaning bittadan futbolchisi ogohlantirildi.
31. GOOOOOOOOOOOOOL!!! Biroz avval penalti ishlagan Hasanov bu gal o'yindan raqib darvozasini ishg'ol qildi. Chap qanotdan jarima maydoniga kirib borgan vinger aylanma zarbasi bilan darvoza to'rini aniq nishonga oldi!
29. Bahodirxonovning penaltidan yo'llagan zarbasini koreyalik darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni raqib himoyachisi o'z darvozasiga kiritib qo'ydi. Ammo Erimbetov to'p tepilmasidan ilgari jarima maydoniga kirib borib, vaziyatga aralashgani uchun gol inobatga olinmadi.
26. KXDR darvozasi tomon penalti belgilandi. Hasanov raqib jarima maydonila yiqitildi.
23. Aliev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.
20. Kang Myong-Bom raqibining yuzidan urib yuborgani uchun ogohlantirildi.
20. Shukurullaev chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirib bordi, uning pasini raqib himoyachisi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
15. Zarba! Hasanovning chap qanotdan uzatmasiga Aliev noqulay holatda bosh bilan zarba yo'lladi, biroz noaniq.
13. An Jin-Sok bir nechta raqibi orasidan yorib o'tdi, yakunda Musaxonov jamoasi joniga ora kirdi.
10. Zarba! O'ng qanotdan uzatilgan to'pga Shukurullaev bosh bilan zarba yo'lladi, KXDR darvozaboni to'pni maydon tashqarisiga urib yubordi.
8. Kim YU-Jin tomonidan yo'llangan zarba noaniq ko'rinish oldi.
6. Sodiqov raqib jarima maydoniga yaqin nuqtada yiqitildi. O'zbekiston standart vaziyatga ega bo'ldi.
2. Shukurullaev raqib jarima maydonida yiqitildi. Hakam esa burchak zarbasiga ishora qildi. Uzatma Hakimovning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.
1. Ilk hujum koreyslar tomonidan amalga oshirildi. Chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirib borgan "qizillar" futbolchisining sherigiga uzatgan to'pi Rustamjonovning qo'llariga borib tushdi.
1. O'yin boshlandi.
Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. O'zbekiston oq, KXDR qizil rangli liboslarda harakat qiladi.