Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtayotgan Osiyo kubogi yarim finalida Shimoliy Koreyaga qarshi bahs olib bordi. Ushbu bahsda Oʻzbekiston 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Jamoamizning gollariga Sadriddin Hasanov (31ʼ), Jamshidbek Rustamov (62ʼ) va Abubakir Shukurullayevlar (65ʼ) mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Osiyo kubogi final bahsida mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Ushbu oʻyin 20-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Toif shahridagi “Qirol Fahd” stadionida start oladi.