Rashford "Barselona"ga o'tishdan umidvor

  • Mr.NoBoDy 18.04.2025 16:40
  • 87
  • 30

Markus Reshford yozda "Barselona"ga o'tishga umid qilmoqda.

Bu haqda "TalkSPORT" xabar bermoqda.

Ijara asosida "Aston Villa"da o'ynayotgan "Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Unai Emeri qo'l ostida yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. 

U 15 uchrashuvda 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Malumotlarga ko'ra, Reshford "Barselona"ga o'tishni istamoqda va uning "Aston Villa"dagi o'yinlari Evropaning boshqa yirik klublari etiborini tortmoqda.

"Barselona" yanvar oyidayoq 27 yoshli futbolchining transferi borasida "Manchester Yunayted" bilan muzokaralar olib borgan, ammo moliyaviy qiyinchiliklar tufayli kelishuvga erisha olmagandi. Yozda kataloniyaliklar yana bu variantga qaytish uchun bir nechta o'yinchilarini sotishlari kerak bo'ladi. PSJ ham Reshfordga qiziqish bildirmoqda, ular ham futbolchini bir necha transfer oynasidan beri kuzatib boryapti.

Ўхшаш янгиликлар